QQSni noqonuniy hisobga olish fakti tasdiqlangan korxonalar soni 5,5 mingdan oshib ketdi

Jamiyat 4210
image

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning murojaatlari asosida faoliyati shubhali deb topilgan korxonalar bilan amalga oshirilgan bitimlarni o‘rganib chiqish uchun tezkor ravishda kameral soliq tekshiruvlari tashkil etilmoqda. Bu haqda qo‘mita Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 26 fevral holatiga respublikamiz bo‘yicha jami 5 796 ta korxonada 656,1 mlrd so‘mlik asossiz hisob (zachet)ga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summalariga aniqlik kiritish bo‘yicha kameral soliq tekshiruvlari yakunlangan.

Natijada:

  • 5 556 ta, ya’ni 95,9 foiz korxonada (625,7 mlrd so‘m) “soxta” operatsiyalarni amalga oshirish faktlari tasdiqlangan;
  • 76 ta, ya’ni 1,3 foiz (12 mlrd so‘m) tashkilotda QQS summasini noqonuniy hisob (zachet)ga olish fakti qisman tasdiqlangan;
  • 164 ta, ya’ni nazorat tadbirlari o‘tkazilgan 2,8 foiz soliq to‘lovchilar tomonidan 18,4 mlrd so‘mlik QQS summasini to‘g‘ri hisob (zachet)ga olganligi holatlari bo‘yicha asoslovchi hujjatlar taqdim etilgan. Shu sababli ulardan ortiqcha olingan mablag‘larni qaytarish bo‘yicha tezkor jarayonlar boshlangan. 

Shuningdek, kameral soliq tekshiruvlari jarayonida 143 ta korxona tomonidan QQS summasini to‘g‘ri hisob (zachet)ga olish bilan bog‘liq yo‘l qo‘yilgan boshqa huquqbuzarliklar ham aniqlanib, ularga nisbatan 5,4 mlrd so‘mlik soliqlar qo‘shimcha hisoblangan.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 84
Reyting: 3.1
t
×