QQS summasini noqonuniy hisobga olish fakti 98,4 foiz holatda tasdiqlandi
Jamiyat
−
01 mart 2021
3459Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning murojaatlari asosida faoliyati shubhali deb topilgan korxonalar bilan amalga oshirilgan bitimlarni o‘rganib chiqish uchun tezkor ravishda kameral soliq tekshiruvlari davom ettirilmoqda. Bu haqda qo‘mita Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 28 fevral holatiga Respublika bo‘yicha jami 7240 ta korxonada 728,8 mlrd so‘mlik asossiz hisob (zachet)ga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summalariga aniqlik kiritish bo‘yicha kameral soliq tekshiruvlari yakunlandi.
Natijada:
- 7120 ta, ya’ni 98,4 korxonada (728,8 mlrd so‘m) “soxta” operatsiyalarni amalga oshirish faktlari tasdiqlangan;
- Shundan 103 ta tashkilotda (13,5 mlrd so‘m) QQS summasini noqonuniy hisob (zachet)ga olish fakti qisman tasdiqlangan;
- 116, ya’ni nazorat tadbirlari o‘tkazilgan 1,6 foiz soliq to‘lovchilar tomonidan 18,6 mlrd so‘mlik QQS summasini to‘g‘ri hisob (zachet)ga olganligi holatlari bo‘yicha asoslovchi xujjatlar taqdim etilgan.
Shu sababli ulardan ortiqcha olingan mablag‘larni qaytarish bo‘yicha tezkor jarayonlar boshlandi.
Shuningdek, kameral soliq tekshiruvlari jarayonida 156 ta korxona tomonidan QQS summasini to‘g‘ri hisob (zachet)ga olish bilan bog‘liq yo‘l qo‘yilgan boshqa huquqbuzarliklar ham aniqlanib, ularga nisbatan 5,8 mlrd so‘mlik soliqlar qo‘shimcha hisoblangan.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish davom etmoqda.
LiveBarchasi