Qizlarni Turkiyaga fohishalikka yuborayotgan shaxs ushlandi (video)

Jamiyat

Joriy yilning 12 sentyabr kuni Dilfuza ismli shaxs Toshkent shahar IIBBga murojaat qilib, Shahina ismli tanishi uni Turkiyaga fohishalik qilishga yuborayotganini ma’lum qilgan. Bu haqda "O‘zbekiston 24" telekanali lavhasida xabar qilindi.

Murojaat va olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, Toshkent shahar IIBB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilgan.

Dilfuza ismli fuqaro tomonidan aytilgan Shahinaning shaxsiga aniqlik kiritish choralari ko‘rilgan.

O‘zini Shahina deb tanishtirgan shaxs aslida 1990 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan Zokirova Shoyista bo‘lib chiqqan. U Dilfuzani 14 sentyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahriga yuborayotgani aniqlandi. 

Zokirova Shoyista yana uch nafar qizni fohishalikka yubormoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan. U qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Dilfuza ismli fuqaro moddiy tomondan qiynalgani sababli Turkiyaga fohishalik qilish uchun ketishga rozi bo‘lgan.

Qayd etilishicha, barcha yo‘l xarajatlarini O‘zbekistonda Shoyista qoplagan. Turkiyada esa boshqa bir fuqaro bo‘lgan. Hozirda Turkiyaning tegishli idoralari uning shaxsini aniqlash ishlarini olib boryapti.


Maqola muallifi

Teglar

fohishalik

Baholaganlar

612

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing