Qizlarga tahdid qilgan imom-xatib ishdan olinishi bilan birga qamaldi 

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshket viloyati Toshkent tumanidagi “Eshonxo‘ja ota” masjidi imom-xatibi Avazxo‘ja Bahromov lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, imom-xatib 3 sutkaga qamalgani ham aytilmoqda. Bu haqida O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasining ichki nazorat komissiyasi imom-xatibning ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qizlarga tahdid qilgani va uyatsiz so‘zlar bilan haqoratlagani aks etgan audioyozuvlar tarqalgan ortidan uni lavozimidan ozod qilgan.

Shuningdek, imom-xatib Avazxo‘ja Bahromov ma’muriy jazo sifatida 3 sutkaga qamalgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing