Qizlar “ni to”mi yo yigitlar? Yoshlar nega oila qurishdan qo‘rqyapti?
Bu qiziq
−
26 iyul 2019
11318Yoz va kuz – O‘zbekistonda to‘ylar mavsumi. Ammo, oxirgi yillarda bu mavsumda ham to‘ylar kam bo‘layotgani ko‘zga tashlanyapti. Yo avvalgidek nog‘ora tovushi narigi mahalladan eshitilmayapti, yo haqiqatan ham to‘ylar kamaygan.
Yigitlar bilan gaplashsangiz, “yaxshi qizlar kam, onamdakasini qidiryapman”, deydi. Qizlardan so‘rasak, “yigitlarda mas’uliyat yo‘q, oila boshqarishga tayyor emas”, degan da’vo bilan chiqadi. Hammadan qaynonalarning dardi ichida. Yengil hayot, zamonaviylashish, qizlarning kelinlikka tayyormasligi, pishir-kuydir nari tursin, hatto, muomalani bilmasligi, oddiy aytganda qaynonaning yonida oyoq uzatib o‘tirish-u qaynotaning qarshisida handon otib kulish mumkinmasligi oddiygina yozilmagan qonun va odobdanligini bilmasligi yigitlarning oila qurishdan qo‘rqib qolishiga sabab bo‘lmayaptimi? Qizlarning ham dardi ichida. Qo‘rs, oila mas’uliyatini his etmaydigan, to‘ygacha o‘zini mehnatkash ko‘rsatib, to‘ydan keyin tushgacha uxlaydigan, kamiga yarim tungacha ko‘cha sang‘iydigan erni qaysi qiz ham orzu qilardi.
QALAMPIR.UZ yigit-qizlar, turmush qurish arafasida bo‘lgan yoshlar, qaynonalar va qaynona bo‘lmishlar orasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Xo‘sh, bugungi yoshlar nima uchun oila qurishdan qo‘rqadi. Ushbu savolga berilgan javoblarni yuqoridagi videoda ko‘rishingiz mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan 104,2 ming nikoh qayd etilgan. Olti oy davomida ajrimlar soni 16,0 mingtani tashkil etgan.
Ajrimlar sonida 2018 yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent shahri (10,0 %) va Namangan (8,3 %) viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.
LiveBarchasi