Qizlar maktabga ro‘molda borsa bo‘ladimi? Vazir javob berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistondagi maktablarda qizlarga ro‘molni boshning orqasi bilan o‘rashiga ruxsat beriladi. Bu haqda bugun, 26 iyul kuni Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.

“Milliy qadriyatlarimizdan kelib chiqib, o‘quvchi-qizlarning maktabga ochiq rangdagi milliy ro‘molni boshning orqa tomonidan o‘ragan holda kelishlari ma’n etilmaydi”, dedi Saidov.

Shuningdek, o‘quvchi-qizlarning yubka va kofta yenglarining uzunligini uzaytirishga ruxsat beriladi, ammo belgilangan o‘lchamdan kalta bo‘lishi mumkin emas.

Mahalliy hokimliklar tomonidan kam ta’minlangan oilalarga mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan maktab formasini sotib olinishiga ko‘mak beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

900

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing