Qizil maydonda sigir bilan sayr qilgan amerikalik 40 yilga deportatsiya oldi

Olam

image

Moskva  shahar politsiyasining migratsiya xizmati Moskvadagi Qizil maydonda sigir yetaklab yurgan AQSH fuqarosi Alisiya Deyning Rossiyaga kirishini 40 yilga taqiqlashga qaror qildi. Bu haqda TASS hujjatlarga tayanib, xabar berdi.  

“1988 yil 9 avgustda tug‘ilgan AQSH fuqarosi Dey Alisiyaning 2063 yil 13 fevralgacha bo‘lgan muddatga Rossiya Federatsiyasiga kirishiga ruxsat bermaslik to‘g‘risida qaror qabul qilinadi”, deyiladi Ichki ishlar boshqarmasi Migratsiya boshqarmasi tomonidan tuzilgan bayonnomada.  

Hukm Troitskiy sudida e’lon qilingan.

Qayd etilishicha, amerikalikka nisbatan Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 18.8-moddasi 3-qismi ("Chet el fuqarosi tomonidan Rossiya Federatsiyasiga kirish qoidalari yoki bo‘lish rejimini buzish") bo‘yicha bayonnoma tuzilgan. Ushbu qoidabuzarlik Rossiya Federatsiyasidan ma’muriy chiqarib yuborish yoki chiqarib yuborishsiz 7 ming rublgacha ma’muriy jarima solishga sabab bo‘ladi. 

Shu bilan birga, sud materiallarda qonunbuzarliklarni aniqlaganligi sababli ularni ko‘rib chiqishdan bosh tortgan. Dey bugun, 16 fevral kuni jurnalistlarga Rossiyani tark etishga qaror qilganini aytgan. 

Sudda o‘qilgan ish materiallaridan ma’lum bo‘lishicha, Dey Rossiyada ro‘yxatdan o‘tmasdan yashagan. U buni Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshirish kerakligini bilmagan. U Rossiyaga sayyohlik vizasi bilan kelgan.

Ma’lumot uchun, qizil maydon – Moskvadagi asosiy va rasmiy maydon hisoblanadi. Bu yerda Kreml – Putinning qarorgohi joylashgan. Maydonda davlat va xalqaro ahamiyatga molik rasmiy tadbirlar o‘tkaziladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing