“Qizil qor yoqqanda”... Konimex tumani hokimi o‘ziga jarima tayinlagani rostmi?
Jamiyat
−
31 avgust 2023
8429Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Konimex tumani hokimi Ruslan Ro‘ziyev o‘ziga o‘zi jarima jazosi tayinlagani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan tuman hokimligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu xabar asossiz bo‘lib, jarima tayinlash bo‘yicha biror hujjat qabul qilinmagan.
“Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan ushbu turdagi asossiz axborotlarga ishonmaslikni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Ruslan Ro‘ziyev 2022 yil 10 may kuni ushbu tumanga hokim etib tayinlangan.
LiveBarchasi