“Qizil iblislar” kuchga to‘la Pogbani “qari” Ronalduga almashtirmoqchi

Sport

image

Avvalroq Italiyaning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

“Tuttosport” xabariga ko‘ra, Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachi Pol Pogbani 36 yoshli portugaliyalikka almashtirishga urunib ko‘rishi mumkin.

Xabar qilinishicha, agar forvard ketishni istasa, “turinliklar”  hujumchini ushlab turmaydi.

Qizig‘i shundaki, Ronaldu avval MYU klubida, Pogba esa Yuveda o‘ynagan.

Ronaldu 2003–2009 yillar mobaynida mankuniyaliklar safida to‘p surib, ingliz klubi bilan 9 ta sovringa ega chiqqan. Ular ichida uchta Angliya Premer-ligasi va bitta Yevropa Chempionlar Ligasi bosh sovrini bor.

Fransiyalik yarimhimoyachi esa 2012-2016 yillar oralig‘ida “turinliklar” safida 124 ta o‘yinda maydonga tushib, 29 ta gol urgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

264

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing