Yoshlikni eslab: Krishtianu “qizil iblislar“ safiga qaytadimi?

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu xizmatiga qiziqish bildirmoqda.

Ispaniyaning AS nashriga ko‘ra, klub bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning shaxsan o‘zi Krishtianu Ronaldu bilan suhbatlashgan va uni jamoada ko‘rmoqchiligini aytgan.

Xabarga ko‘ra, hujumchining o‘zi ham “iblislar” safiga qaytishga tayyor va u hech qachon Manchesterga qaytish variantini bu qadar jiddiy o‘ylab ko‘rmagan.

Ronaldu Italiya chempionati tugaganidan keyin qaror qabul qiladi. Agar Krishtianu to‘p surayotgan “Yuventus” klubi Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olsa, Ronaldu Turinda qolishi mumkin, aks holda — ketadi.

Ma’lum qilinishicha, turinliklar forvardi “Manchester Yunayted”da ikki mavsum o‘ynashni, shundan keyin Portugaliyaning “Sporting” klubiga yo‘l olib, o‘sha yerda faoliyatiga yakun yasashni reja qilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Ronaldu 2003–2009 yillar mobaynida mankuniyaliklar safida to‘p tepgan. U ingliz klubi bilan 9 ta sovringa ega chiqqan, ular ichida uchta Angliya Premer-ligasi va bitta Yevropa Chempionlar Ligasi bosh sovrini bor.

36 yoshli futbolchi Italiya A Seriyasida joriy mavsum 33 o‘yin o‘tkazib, 29 gol va uchta golli uzatma muallifiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

246

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing