“Qizchalar uxlab yotishgan”. Chilonzordagi bog‘cha bolalariga qilingan tegajog‘lik bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi
3-sahifa
−
04 may 2023
25448Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi bog‘cha tarbiyalanuvchilarining 15 yoshli bola tomonidan tegajog‘lik qilingani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shu yilning 2 may kuni 4 nafar fuqaro Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan. Ular farzandlari (6 yoshli qizlar) Chilonzor tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida uxlab yotgan vaqtida, voyaga yetmagan 15 yoshli X.Sh. bolalarning tanasini turli qismlarini qo‘li bilan ushlab, uyatsiz buzuq harakatlar sodir qilganligini ma’lum qilgan va X.Sh.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 119-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
“Jinoyat ishi doirasida barcha holatlar batafsil o‘rganilib, zaruriy tergov harakatlari o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 230-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasining 11-sinf o‘g‘li 4 nafar qizchaga turli xil tegajog‘liklar qilgani haqida dastlabki ma’lumot berilgan edi.
LiveBarchasi
26 noyabr