Qishloq xo‘jaligiga beriladigan kreditlar 15 yilgacha uzaytiriladi
Olam
−
09 noyabr 2023
4666O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi loyihalariga beriladigan kreditlar muddati 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yilgacha uzaytiriladigan, kredit uchun taqdim qilingan loyihalarni ko‘rib chiqish muddati 2 oygacha qisqartiriladigan bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini yanada takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida kelgusi yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida aytildi.
Yig‘ilishda xalqaro moliya tashkilotlaridan qishloq xo‘jaligiga jalb qilingan mablag‘lar to‘liq hajmda ishlatilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Buning asosiy sabablari – mablag‘lar 20-25 yilga jalb qilingan bo‘lsa-da, banklar tomonidan tadbirkorlarga 5-7 yilga ajratilayotgani, kredit ajratish uchun loyihalarni ko‘rib chiqish muddatlari olti oydan bir yilgacha cho‘zilayotgani, mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishlari cheklangani, natijada tadbirkorlarda qiziqish kam.
Bo‘sh mablag‘larni oziq-ovqat loyihalari, laboratoriya va texnikalarga yo‘naltirish zarurligi, ushbu resurslar banklar uchun ham, tadbirkorlar uchun ham jozibador shartlarda ajratilishi kerakligi ta’kidlandi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligiga xalqaro moliya tashkilotlari, byudjet va banklar ajratayotgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishini ta’sirchan nazorat qiladigan Ichki audit xizmatini tashkil qilish topshirildi.
LiveBarchasi