Qishloq xo‘jaligi vazirligi kartoshka narxining oshganiga izoh berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekistonda kartoshka narxi 1 oyda salkam 13 foizga oshgani haqda xabar berilgandi. Mazkur holat yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston aholisining  kartoshkaga bo‘lgan yillik talabi 4 million tonnani tashkil etadi. 2024 yilda mamlakatda jami 3,7 million tonna, shundan asosiy maydonda 2,7 million tonna va takroriy ekin sifatida 1 million tonna kartoshka  yetishtirilgan.  Mazkur hosilning 600 ming tonnasi keyingi mavsumda ekish uchun urug‘lik sifatida zaxira qilingan va tabiiy yo‘qotish 100 ming tonna (3%) atrofida belgilangan.

2024-2025 yil qish va bahor mavsumi uchun mahalliy hokimliklar tomonidan jalb qilingan tayyorlov korxonalari tomonidan 245,5 ming tonna kartoshka zaxiraga jamg‘arilgan va  fsp.agro.uz onlayn platformasi orqali sub’ektlar kesimida monitoring yo‘lga qo‘yilgan.

Zaxiraga jamg‘arilgan mahsulotni ichki iste’mol bozoriga chiqarish bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har 10 kunlik tarmoq jadvali hududlar kesimida tasdiqlanib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga yuborilgan.

Joriy yil 20 yanvar holatiga mahalliy hokimliklar tomonidan jalb qilingan tayyorlov korxonalari tomonidan jami 6,3 ming tonna kartoshka ichki bozorlarga savdoga chiqarilgan, zaxira qoldig‘i 239,2 ming tonnani tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

kartoshka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing