Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
10 aprel 2021
6431O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bojxona qo‘mitasining bojxona statistikasi va taxlil markazi boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari Anvar Damirovich Asomov Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Lavozimga qadar Anvar Asomov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ijro etuvchi apparati bosh konsultanti, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2020 yildan buyon esa O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Diyora Abdurahmonova
LiveBarchasi