Qishda magistraturaga kirgan xotin-qizlarning ham “kontrakt”i to‘lab beriladi
Jamiyat
−
21 fevral 2023
3518Magistratura qishki qabulida o‘qishga kirgan xotin-qizlarning kontrakt pullari ham davlat tomonidan to‘lab beriladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Prezident farmoni va hukumat qaroriga ko‘ra, davlat OTMning magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplab berilishi belgilangan.
Bu tartib, shuningdek, magistratura qishki qabulida to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilngan xotin-qizlarga ham birdek amal qiladi.
“Shu bois magistraturaga tavsiya etilganlar ushbu imtiyozdan foydalanish maqsadida OTM rahbariyatiga ariza bilan murojaat qilishlari so‘raladi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Ma’lumot uchun, ushbu tartib belgilangan muddatga qadar ariza bermaganlarga, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlarga hamda nodavlat OTMning magistraturasi uchun tatbiq etilmaydi.
LiveBarchasi