Qish yaqin! Qirg‘izistonda elektrni tejash uchun yangi taqiq joriy qilindi
Olam
−
02 Oktabr 2021
6774Qirg‘iziston Milliy energetika xoldingi nomaishiy iste’molchilarga kuz-qish mavsumida ko‘cha chiroqlari va reklama yoritgichlarini yoqishni taqiqladi. 24.kg nashri kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, shunday xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, taqiq kafe, restoran, hammom, saunalar, istirohat bog‘lari, do‘konlar va boshqa maishiy bo‘lmagan iste’molchilarga nisbatan qo‘llaniladi. Qaror kelayotgan kuz-qish davrida “Toktogul” suv omboridagi suv resurslaridan oqilona foydalanish va energiyani tejash uchun qabul qilindi.
Tarqatish kompaniyalariga respublikaning barcha hududlarida kechqurun va ertalab reydlar o‘tkazish zarurligi to‘g‘risida xabar yuborilgan. Ular elektr energiyasi o‘chirilganini nazorat qilib borishi kerak.
LiveBarchasi