Qish anomal harorat bilan kirib keladi – O‘zgidromet

Bu qiziq

image

29-30 noyabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quyoshli va ochiq kun bo‘lishi kutilmoqda. Havo tushdan so‘ng havo 12-17 daraja iliqqacha isiydi, kechalari havo harorati 3-6 daraja iliqni tashkil etadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar bergan.

Qishning birinchi kunlari mamlakat aholisini anomal iliq ob-havo bilan qutlaydi, 1-2 dekabrda horijiy janubiy hududlardan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, harorat kechalari 6-9° iliqqacha, kunduz kunlari 17-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi, bu dekabr oyi boshi uchun bo‘lgan me’yordan 8-11 darajaga yuqoridir.

Faqat 2 dekabrda shimoliy hududlarga biroz nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, buning hisobiga Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

3 dekabrda havo massalarining kirib kelishi respublikaning qolgan hududlariga tarqaladi. Respublikaning ayrim tumanlarida (shimoliy hududlar va Farg‘ona viloyatidan tashqari) biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli istisno emas. 3 dekabrda harorat foni nisbatan pasayadi, lekin hali ham me’yordan yuqori bo‘ladi. Kunduz kunlari havo harorati 13-18 daraja iliqni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zgidromet Qish anomal

Baholaganlar

2018

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing