Qiruvchi samolyotlar O‘zbekiston Prezidenti bortini kuzatib bordi (video)

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga borgani haqida xabar berilgan edi. Mamlakat havo hududida uning bortini Serbiya Harbiy havo kuchlarining MiG-29 qiruvchi samolyotlari kuzatib bordi. 

Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan video bort ichidan olingan. Kadrning o‘ng tomonida samolyotning qanoti ko‘rinadi. Serbiyaning MiG-29 samolyotlari esa faxriy eskortni ta’minlagan holda parallel harakatlanmoqda.

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Belgrad shahriga bordi. Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va uning rafiqasi kutib olgan. Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga boshlanadi. Dasturga muvofiq, O‘zbekiston – Serbiya oliy darajadagi muzokaralari hamda ikki mamlakat rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Islomobodga borgandi. O‘shanda ham Pokiston havo hududida oliy martabali mehmonning samolyotiga ushbu mamlakat Harbiy havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari hamrohlik qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing