Qirollik oilasi shahzoda Filipp xotirasiga bag‘ishlangan videoni taqdim qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Buyuk Britaniya qirollik oilasi bugun, 17 aprel kuni Qirolicha Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i, shahzoda Filippning dafn marosimi munosabati bilan vidolashuv videosini havola qildi. Bu haqda "The Telegraph" nashri xabar bergan.

Videoning uzunligi 2 daqiqa 15 soniyani tashkil etadi va u Edinburg gersogining hayoti haqida hikoya qiladi.

Unda, shuningdek, Edinburg gersogining oilaviy va xizmat vazifasini bajarishdagi fotolari aks etgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qirolichasi Yelizaveta II ning eri, Edinburg gersogi Filipp 9 aprel kuni 99 yoshida vafot etdi.

Dafn marosimi munosabati bilan tantanali yurish bugun, 17 aprel kuni soat 14:45 da (Toshkent vaqti bilan 18:45) qal’aning asosiy darvozasida boshlanadi, sakkiz daqiqadan so‘ng Avliyo Jorj ibodatxonasida tugaydi.

Keyin shahzoda Filippning xotirasi uchun bir daqiqalik sukut saqlanadi. Undan so‘ng tobut cherkovga yetkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing