“Qirol sher” multfilmi rejissyori vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
19 yanvar 3047 1 daqiqa
“Disney” kompaniyasining “Qirol sher” multfilmi rejissyorlaridan biri Rojer Allers 76 yoshida vafot etdi. Allersning o‘limini uning hamkasbi, rejissyor Deyv Bossert tasdiqladi.
“Do‘stimiz Rojer Allersning vafot etgani haqidagi xabar meni chuqur qayg‘uga soldi. O‘tgan hafta u Misr bo‘ylab sayohat qilganida, biz elektron pochta orqali yozishdik va bu yo‘qotishni yanada noreal qiladi. Rojer g‘ayrioddiy iste’dodli rassom va kinorejissyor, “Disney” animatsiyasini qayta tiklashning haqiqiy tayanchi edi”, deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
Allers rejissyor Rob Minkoff bilan birga “Qirol sher” filmini suratga oldi. Film keng tarqalgan “Disney animatsion kolleksiyasidagi eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. 1994 yilda chiqarilgan “Qirol sher” jahon prokatida 771 million dollar yig‘di. 2019 yilgi remeyk dunyo bo‘ylab 1,6 milliard dollar yig‘ib, barcha davrlarning eng yuqori daromad keltirgan filmlaridan biri hisoblanadi. Allers, shuningdek, “Aladdin”, “Suv parisi”, “Sohibjamol va maxluq”, “Ov mavsumi”, “Oliver va kompaniya” kabi boshqa loyihalarda ham ishtirok etgan.
Live
Barchasi