Qirol Charlz III Trass bilan kelisholmay qoldi – OAV

Olam

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Liz Trass va Qirol Charlz III BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha COP 27 konferensiyasida ishtirok etish borasida kelishmovchiliklarga duch kelishdi. Bu haqda “Times” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Britaniya qiroli Bosh vazirning talabiga binoan tadbirga borishdan bosh tortgan.

“Qirol Charlz III Misrda bo‘lib o‘tgan jahon yetakchilarining yig‘ilishida nutq so‘zlamoqchi edi. Sharm al-Shayx sammitiga borishi dargumon Trass o‘tgan oy Bukingem saroyidagi shaxsiy auditoriya paytida qirolning rejalariga e’tiroz bildirdi”, deyiladi xabarda.

Nashrga ko‘ra, bu qaror Bosh vazir va monarx o‘rtasidagi ziddiyatni kuchaytirishi mumkin. Nashr suhbatdoshi bu masala muhokamasi janjalsiz mehmondo‘stlik muhitida o‘tganini ta’kidlagan.

“Janob hazratlarining sammitda jismonan qatnashmasligi uning ishtirok etish yo‘llarini topa olmasligini anglatmaydi”, deydi u.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yili noyabr oyida Qirol Charlz III (o‘sha paytda shahzoda Charlz) Shotlandiyaning Glazgo shahrida iqlim o‘zgarishi bo‘yicha COP 26 konferensiyasini ochib bergan.

Britaniya monarxi atrof-muhit haqida shunchalik qayg‘uradiki, u o‘zining eski Aston Martin avtomobilidagi benzinni pishloq va vinodan tayyorlangan bioyoqilg‘iga almashtirgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

698

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing