Qirg‘izistonning sobiq Prezidentlari Asqar Akayev va Qurmanbek Bakiyev xalqaro qidiruvga berildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qirg‘izistonning birinchi va ikkinchi Prezidentlari — Asqar Akayev va Qurmanbek Bakiyevl mamlakatdagi eng yirik oltin koni — Qumtor ishi bo‘yicha xalqaro qidiruvga berilgan. Bu haqda Respublika Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi boshlig‘i Kamchibek Tashiyev aytib o‘tdi.

Akayev Kanadaning Cameco Corporation kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomada mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda gumon qilinmoqda. Ushbu kompaniya Qumtor konini 1990 yillarning boshidan beri o‘zlashtirmoqda. RIA Novosti ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston “Qumtor” ustidan nazoratni deyarli yo‘qotgan.

Qurmanbek Bakiyev nimada gumon qilinayotganiga aniqlik kiritilmagan. Bundan tashqari, uning o‘g‘li Maksim Bakiyev ham qidiruvga berilgan.

Ma’lumot uchun, Asqar Akayev 2005 yildagi davrida Qirg‘iziston Prezidenti lavozimidan chetlatilgan va u Rossiyaga qochib ketgan. Qurmanbek Bakiyev 2010 yilgi yangi norozilik namoyishlari natijasida hokimiyatdan chetlatilgan. Bakiyev Belarusga ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

517

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing