Qirg‘izistondagi portlashda O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi
Olam
−
30 may 2022
12599Qirg‘iziston janubidagi Jalolobod viloyatidagi zavodda portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 29 may kuni Jalolobod viloyatining “Min Ksin” korxonasida sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida 1993 yilda tug‘ilgan K.S., 1991 yilda tug‘ilgan B.A. va 1996 yilda tug‘ilgan A.A. og‘ir kuyish jarohatlari olgan.
Shuningdek, uch nafar shaxs viloyat birlashgan shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, ularning ahvoli o‘ta og‘ir deya baholangan.
FVVga ko‘ra, jarohatlanganlar orasida O‘zbekistonning bir fuqarosi va Xitoyning ikki fuqarosi bor.
Politsiyasi hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
LiveBarchasi