Qirg‘izistondagi masjidlarni koronavirusga qarshi dezinfeksiyalash boshlandi

Olam

image

Qirg‘izistondagi masjidlarda koronavirusning oldini olish maqsadida dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda. 

Kecha, 11 mart kuni Bishkekdagi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi xodimlari Markaziy masjidida dezinfeksiya ishlarini olib bordilar. 

Dezinfeksiya tadbirlari ikki marta poytaxtdagi barcha 68 ta masjidda o‘tkaziladi.

Bundan avval respublika musulmonlar idorasi masjidlarda fuqarolar orasida koronavirusga qarshi profilaktik choralar haqida tushuntirish ishlarini olib borilishi to‘g‘risida topshiriq bergandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 martidan boshlab Tojikistondagi masjidlarda ham koronavirusga qarshi choralar ko‘rilib, Dushanbedagi masjidlar ibodatchilar uchun yopilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing