Qirg‘izistonda o‘zini Xudo deb e’lon qilgan siyosatchiga qarshi jinoiy ish yopildi

Olam

image

Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari o‘zini Xudo deb atagan, shuningdek “Endi qish bo‘lmaydi va Putin biorobot”, deb aytgan gaplari tufayli mashhur bo‘lgan biznesmen va "El uchun" partiyasi rahbari Arstanbek Abdildayevga (Arstan Alay) qarshi ochilgan jinoyat ishini yopdi.

Bishkek ichki ishlar bosh boshqarmasi mutaxassislar Abdildayevning o‘zini Xudo deb e’lon qilgan ommaviy bayonotlarida diniy nafratni uyg‘otuvchi unsurlar bor-yo‘qligini aniqlash uchun to‘rt oy davomida harakat qilishganini qayd etdi. Natijada, ular jinoyat alomati topa olishmadi va shuning uchun, unga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha sudgacha bo‘lgan tergov to‘xtatildi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning oktyabr oyida sobiq siyosatchi va tadbirkor “irqiy, etnik, milliy, diniy yoxud mintaqalararo nifoq qo‘zg‘ash” moddasi bo‘yicha ayblangan edi.

Arstan Alay siyosiy faoliyati davomida ikki marta Qirg‘iziston Prezidentligi uchun nomzodini ilgari surgan. Ammo muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qig'iziston Arstanbek Abdildaev

Baholaganlar

280

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar