Qirg‘izistonda O‘zbekistondan kelganlar uchun yangi imtiyoz berilyapti
Olam
−
28 dekabr 2022
23492Qirg‘iziston Raqamli rivojlanish vazirligi Qirg‘izistonga kelayotgan chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishdan ozod qilish muddatlari ko‘rsatilgan davlatlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi.
Aniqlik kiritilishicha, Ozarbayjon va O‘zbekistondan kelganlar 30 kun davomida ro‘yxatga olinmasligi mumkin. Ilgari bu muddat 10 kun edi.
Etnik qirg‘izlar mahalliy davlat hokimiyati organining talabiga binoan ro‘yxatga olinadi. Agar doimiy yashash manzili bo‘lmasa, ular shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida yuridik manzilda qayd etiladi.
LiveBarchasi