Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi

Jamiyat

image

Bugun, 1  iyun kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Namangan viloyatida sezildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, yer silkinishi Toshkent vaqti bilan 08:21 da Qirg‘izistonda qayd etilgan. Zilzila 4,5 magnitudali bo‘lib, uning o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila koordinatlari 41,62 gradus shimoliy kenglik, 71,7 gradus sharqiy uzunlikka ega. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 211 km shimoliy-sharqda bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Namangan viloyatida 2-3 ball, 69 km.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing