Qirg‘izistonda prezident saylovi qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi

Olam

image

Qirg‘izistondagi navbatdan tashqari prezident saylovlari 2021 yilning 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi belgilandi. Bu haqda bugun, 24 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishida qaror qabul qilindi. 

MSK raisi Nurjan Shayldabekova ta’kidlaganidek, qonunchilikka muvofiq muddatidan oldin prezident saylovlari davlat rahbari iste’foga chiqqanidan keyin uch oydan kechiktirmay o‘tkazilishi kerak. 

“Shundan so‘ng, saylov komissiyasi ikki kun ichida saylovlar kunini rasman e’lon qiladi. Qonun hujjatlarida ta’kidlanishicha, ular davlat rahbarining vakolatlari tugaganidan keyin uch oy ichida – 2021 yil 16 yanvargacha o‘tkazilishi kerak”, deydi u. 

Saylovlar odatda dam olish kunida o‘tkaziladi, shu bois navbatdagi tashqari prezident saylovini 10 yanvarga belgilash taklif etildi. 

Markaziy saylov komissiyasi a’zolari ushbu taklifni qo‘llab-quvvatladilar. 

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda 4 oktyabr kuni o‘tkazilgan parlament saylovlaridan keyin, 7 foizlik minimum ovozni to‘play olmagan partiya tarafdorlari norozilik namoyishlarini boshladi. Bir necha kun davom etgan namoyish va tartibsizliklar ortidan Bosh vazir Kubatbek Boronov va uning Hukumati iste’foga chiqdi. Namoyishchilar davlat idoralarini egallab oldi.

Namoyishlar avj olgan pallada Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini tan olmaslik haqida qaror qabul qildi.

Sooronbay Jeenbekov Bishkekda favqulodda holat joriy qildi va poytaxtga harbiylar kiritildi. Buning natijasida vaziyat biroz tinchidi. Ammo namoyishchilar Prezidentdan iste’foga chiqishini talab qildi. Natijada 15 oktyabrda Jeenbekov xalqiga qarata o‘q uzib qon to‘kmaslik uchun iste’fo berdi. 

Uning vazifasini vaqtincha bajarishi kerak bo‘lgan parlament spikeri Kanat Isayev bundan bosh tortdi. Natijada davlat rahbari vakolati namoyishlar ortidan Bosh vazir bo‘lgan Sadir Japarovga o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'izistonda Prezident saylovi

Baholaganlar

51

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar