Qirg‘izistonda Prezident Matbuot kotibi pora bilan ushlandi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti ma’muriyatining Axborot siyosati bo‘limi mudiri, Prezident matbuot xizmati rahbari Nurgazi Anarqulov yuqori davlat lavozimini egallashda pora talab qilgani uchun hibsga olingan. Bu haqda “Kabar.kg” xabar bermoqda.

“Hibsga olingan shaxs o‘z xizmat mavqeini suiiste’mol qilgan va shaxsiy moddiy boyish maqsadini ko‘zlagan holda, tayinlash to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilish uchun davlat yuqori lavozimlaridan biriga ariza beruvchidan juda katta miqdordagi pulni talab qilgan”, deyiladi xabarda.

Ushbu fakt bo‘yicha Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Davlat tergov boshqarmasi  Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 326-moddasi (pora talab qilish) bo‘yicha jinoyat sodir etgani sababli sudgacha bo‘lgan ishni boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

575

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing