Qirg‘izistonda xarita sabab mojaro chiqdi
Olam
−
22 noyabr 2021
37537Qirg‘izistonda dam olish kunlari hukumat tadbiri vaqtida o‘rnatilgan xarita ortidan yuzaga kelgan janjal muhokamasi bilan o‘tdi.
Gap shundaki, prokuratura xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning mamlakat xaritasi fonida so‘zlagan nutqi chog‘ida Vorux anklavining to‘g‘ridan-to‘g‘ri Tojikistonga qo‘shib olinganiga ko‘pchilik e’tibor qaratdi.
Bu ijtimoiy tarmoqlarning qirg‘iz segmentida noroziliklarga sabab bo‘ldi. Keyinchalik rasmlar o‘chirildi.
Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi xabariga ko‘ra, respublika xaritasi tushirilgan bannerni chizish xususiy kompaniyaga buyurtma qilingan.
“Ijrochilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato uchun mas’ul xodimlarga nisbatan chora ko‘riladi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Prokuratura Qirg‘iziston yaxlitligidan xavotirda bo‘lgan fuqarolarga ham minnatdorchilik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegaradagi kelishmovchiliklar uzoq yillardan beri davom etib keladi. Vorux anklavi asosiy masalalardan biridir. Bahorda Bishkek o‘z qo‘shnilariga hudud almashishni taklif qildi. Dushanbe keskin rad javobi bilan javob berdi.
LiveBarchasi