Qirg‘izistonda qalbaki pul sotgan o‘zbekistonlik ushlandi
3-sahifa
−
10 aprel 2610 1 daqiqa
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) qalbaki pullarni yasash va sotish bilan shug‘ullangan transmilliy guruh faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, guruh bir necha davlat hududida faoliyat yuritib, yuqori sifatli qalbaki kupyuralarni ishlab chiqarishni va ularni keng tarqalgan tarmoq orqali sotishni yo‘lga qo‘ygan.
Maxsus operatsiya davomida nazorat ostidagi xarid vaqtida O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari qo‘lga olingan. Ulardan katta miqdordagi qalbaki chet el valyutasi va boshqa ashyoviy dalillar musodara qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 233-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qo‘lga olinganlar MXDQ tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.
Bildirilishicha, hozirda jinoiy sxemaning barcha ishtirokchilarini va tarqatish kanallarini aniqlash bo‘yicha tergov va tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri hamda Namangan viloyatida qalbaki pullar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlangandi. Ular jami 30 ming dollar qiymatidagi soxta pullarni saqlayotgani aniqlangan.
Live
Barchasi