Qirg‘izistonda chang‘i uchayotgan qiz jarlikka qulab tushdi (video)

Olam

image

Qirg‘izistonning Bishkek shahri yaqinidagi chang‘i kurortida 20 yoshli qiz chang‘i uchayotganida katta tezlikda jarlikka tushib ketdi. Bu haqda “Sputnik Qirg‘iziston” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea kecha, 8 fevral kuni sodir bo‘lgan. 20 yoshli qiz va uning do‘stlari Qosh-Quloq tog‘-chang‘i kurortiga borgan. Chang‘i yo‘llanmasini olgandan so‘ng, ular chang‘i uchishni boshlagan. Ammo katta tezlikda harakatlangan qiz xavfsizlik uchun qo‘yilgan arqon to‘siqni yorib o‘tib, jarlikdan yiqilgan.

Qayd etilishicha, qiz hozirda reanimatsiya bo‘limida. Shifokorlar unga bir nechta suyak sinishi, jumladan, umurtqa pog‘onasi sinishi tashxisini qo‘ygan. Politsiya ushbu hodisa bo‘yicha tergov harakatlarini boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik tog‘ chang‘isi sportchisi Lindsi Vonn Italiyada bo‘lib o‘tayotgan Qishki Olimpiada o‘yinlarida jiddiy yiqilishdan so‘ng jarrohlik amaliyotini o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.

Javohir Aliqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qirg'iziston Bishkek Qosh-Quloq tog'-chang'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing