Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegara delimitatsiyasi bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishdi
Jamiyat
−
27 yanvar 2023
10129Bugun, 27 yanvar kuni Bishkekdagi “Ala-Archa” qarorgohida davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasman kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Shundan so‘ng davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boshlandi.
Uchrashuvda tomonlar oxirgi ikki yilda o‘zaro munosabatlarni mutlaqo yangi darajaga olib chiqishga erishganini ta’kidladi. O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasining delimitatsiyasi yakuniga yetkazilgani esa tarixiy voqea sifatida e’tirof etildi.
“Men hamkasbimga chegara masalasida shaxsan yordam bergani uchun alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. Agar uning siyosiy irodasi bo‘lmaganida, bugun biz bunday natijalarga erishmagan bo‘lardik. Bu ishlar “ertaga” ortga deb surib kelindi. Oradan 30 yil o‘tdi va biz bu masalalarni hal qilganimiz yo‘q edik. Shuning uchun men sizga yana bir bor rahmat aytmoqchiman. Muzokaralar yakunlandi, tarixiy shartnoma tuzildi. Bu qardosh xalqlarimiz tomonidan katta ishtiyoq bilan kutib olindi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Qirg‘iziston Prezidenti Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, kelishuvga muvofiq umumiy uzunligi 302,29 kilometr bo‘lgan chegara chizig‘i, jumladan, O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasining 35 ta uchastkasi belgilandi. Shuningdek, O‘zbekiston o‘z hududiga Andijon (Kampirobod) suv omborining 4957 gektarini hamda to‘g‘onni saqlash va muhofaza qilish uchun qo‘shimcha 19,5 gektarni oladi. Qirg‘iziston kompensatsiya sifatida 1019 gektar yaylovni oladi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston tomoni suv omboridagi suv sathini 900 metrdan ortiq bo‘lmagan darajada ushlab turish, qirg‘iz xalqining resurslardan erkin foydalanishini ta’minlash (hayvonlarni sug‘orish, sug‘orish, baliq ovlash), suv ombori atrofida muhandislik-texnik inshootlar o‘rnatmaslik majburiyatini oladi.
Qirg‘iziston tomoni esa suvni muhofaza qilish zonalari tashkil etilishi va suvdan foydalanish rejimiga rioya etilishini ta’minlash majburiyatini olmoqda.
LiveBarchasi