Qirg‘iziston va Germaniya Prezidentlarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari boshlandi
Olam
−
22 iyun 2023 3541 1 daqiqa
Bugun, 22 iyun kuni “Ala-Archa” davlat qarorgohida Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov hamda Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer o‘rtasida muzokaralar boshlandi. Bu haqda “Akipress” xabar berdi.
Japarovning qayd etishicha, Shtaynmayer Markaziy Osiyoda katta mutaxassis hamda do‘st sifatida tanilgan. Ilgari u Qirg‘izistonga Tashqi ishlar vaziri bo‘lib kelgan bo‘lsa, endilikda Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti sifatida tashrif buyurdi.
Uning aytishicha, Shtaynmayerning Qirg‘izistonga rasmiy tashrifi xalqaro aloqalar faollashganidan yaxshi dalolatdir. Shuningdek, u bugungi muzokaralar hamkorlikni faollashtirish imkonini berishiga umid bildirgan.
So‘ngra Prezident Japarov Vazirlar Mahkamasi a’zolari, Prezident Administratsiyasi bo‘lim rahbarlari va Qirg‘izistonning Germaniyadagi elchisi bilan tanishtirgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 iyun kuni Frank-Valter Shtaynmayer Qozog‘istonga tashrif buyurib, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan bir necha yo‘nalish muzokaralar olib borgan edi. Muzokarada To‘qayev va Shtaynmayer asosan Qozog‘iston-Germaniya strategik sherikligining holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilgan. Tomonlar siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, energetika, transport-logistika sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratgan edi.
Live
Barchasi