Qirg‘iziston O‘zbekistonga qo‘shma turizm mahsulotlarini yaratishni taklif qildi

Jamiyat

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga qishki va ma’naviy turizmni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma turizm mahsulotlarini yaratishni taklif qildi. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifi davomida kengaytirilgan formatdagi uchrashuvlarda aytib o‘tildi. Bu haqda “24kg” nashri xabar berdi.

Kun tartibida mamlakat ichidagi temir yo‘llarni rekonstruksiya qilish va ularni transkontinental magistrallarga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Shu nuqtai nazardan, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘lini birgalikda qurish bo‘yicha rejalar dolzarbligi ta’kidlandi.

“Zamonaviy dunyo tartibi sharoitida Markaziy Osiyo davlatlarining transport-logistika infratuzilmasini global transport xablari va yo‘laklariga integratsiyalash uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega, dedi Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston Respublikasi xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘llarini yaxshilash ustida ishlamoqda. Shuningdek, u mintaqada transchegaraviy turizm tobora ommalashib borayotganiga e’tibor qaratdi.

“Buning uchun men dam olish zonalari (Issiqko‘l, Jalolobod), shuningdek, qishki (Chunqurchak, Qorako‘l) va ma’naviy turizmni (Samarqand, Buxoro, Xiva) rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma turizm mahsulotlarini yaratishni taklif qilaman. Qirg‘iziston tomoni yangi turistik yo‘nalishlar istiqbollarini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma ekspeditsiyalar tashkil etish, yagona viza kabi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish, zamonaviy Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab qo‘shma sayyohlik mahsulotlarini yaratish, geoparklar yaratish sohasida hamkorlikni rivojlantirishni muhim deb hisoblaydi”, deydi Japarov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing