Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida 27 nafar chegara xodimi ushlandi
Olam
−
15:13 4424 2 daqiqa
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi mamlakatning Botken viloyatidagi “Qadamjoy – avtoyo‘l” va “Chashma-avtoyo‘l” nazorat-o‘tkazish punktlarida kecha, 5 iyul kuni kechqurun maxsus operatsiya o‘tkazib, jami 27 nafar chegara punktlari mansabdorini qo‘lga oldi. Bu haqda “24.kg” nashri xabar qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 19:00 atrofida Botken viloyati Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi boshqarmasi xodimlari “Alfa” maxsus bo‘linmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston bilan chegaradagi 2 ta nazorat o‘tkazish punktida chegara xizmati, bojxona xizmati va veterinariya xizmati xodimlarini korrupsiyaga aloqadorlik gumoni bilan qo‘lga olgan.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, tintuvlar chog‘ida chegara xizmati xodimlaridan 38,5 ming som, 5 million 484 ming o‘zbek so‘mi, shuningdek JAC-3202 rusumli xizmat avtomobilining qutisidan yana 200 ming o‘zbek so‘mi topilgan. Haydovchining aytishicha, ushbu mablag‘ avtomobil uchun g‘ilof sotib olish maqsadida oldindan almashtirilgan.
Shuningdek, Bojxona xizmati xodimlaridan 100 ming som hamda AQSH dollaridagi pul mablag‘lari musodara qilingan. Ularning miqdoriga hozircha aniqlik kiritilmagan.
Manbaga ko‘ra, “Chashma – avtoyo‘l” nazorat-o‘tkazish punktining yana ikki xodimlari videokuzatuv kameralarida noqonuniy ravishda pul olgan holda qayd etilgan.
Botken viloyati Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi boshqarmasiga “Chashma – avtoyo‘l” punktidan 11 nafar, “Qadamjoy – avtoyo‘l” punktidan esa 16 nafar harbiy xizmatchi, jami 27 kishi ushlangan. Shuningdek, ikki dona AK-74 avtomati, ikki dona o‘qdon va 60 dona o‘q ham musodara qilingan.
Tergov harakatlari davomida har ikki nazorat-o‘tkazish punkti faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Manbalarning aytishicha, shu vaqtda navbatda taxminan 3 ming nafar fuqaro va 400 ta avtomobil turib qolgan. Keyinroq “Qadamjoy – avtoyo‘l” punkti orqali harakat qayta tiklangan.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi maxsus operatsiya yuzasidan hali rasmiy izoh bermagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalrpoq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq raisi Qamchibek Tashiyev ishtirokidagi yig‘ilishda vazirlik va idoralarning rahbarlari hamda vakillaridan iborat 24 kishi qo‘lga olingandi.