Qirg‘iziston Turkiyadan “Bayraktar Akıncı” dronlarini sotib oldi

Olam

image

Qirg‘iziston Turkiyaning zamonaviy “Bayraktar Akıncı” uchuvchisiz uchish apparatlarini sotib oldi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev ma’lum qildi.

“Akıncı” bizniki! Rahmat sizga qardosh xalq”, deydi u.

Shuningdek, Tashiyev ijtimoiy tarmoqlarga uchuvchisiz samolyotlar ishlab chiqaruvchi "Baykar Makina" kompaniyasi bosh direktori Haluk Bayroqdor bilan tushgan suratini joylagan.

Xabarda u sotib olingan dronlar soni haqida ma’lum qilmagan.

Ma’lumot uchun, “Bayraktar Akıncı” zarbali jangovar uchuvchisiz samolyot. Uning uzunligi 12,2 metr, qanotlari esa 20 metrga etadi. Dron 1,5 tonnagacha foydali yukni ko‘tarishga qodir va havo-havo raketalari bilan qurollanishi mumkin.

Qayd etish kerakki, Qirg‘iziston Turkiyadan birinchi marta hujumkor dron sotib olmayapti. Bundan oldin turk ishlab chiqaruvchilari “Bayraktar” dronlarini Qirg‘iz hukumatiga sotgan. Joriy yilning 13 sentyabr kuni Qirg‘izistonda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmatining birinchi uchuvchisiz uchish apparatlari bazasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bazadan Qirg‘iziston avval Turkiyadan sotib olgan “Bayraktar” dronlari boshqariladi. Sentyabr oyida qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaro vaqtida ham rasmiy Bishkek turk dronlaridan foydalandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

267

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing