Qirg‘iziston TIV xodimi vafot etdi. Xitoy vaksinasi o‘lim sababi bo‘lishi mumkin

Olam

image

Kecha, 1 aprel kuni Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik xizmati departamenti direktorining o‘rinbosari Baxtiyor Shokirov vafot etdi. Bu haqda Qirg‘izistonning Rossiyadagi elchixonasi Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘lim sababi hali noma’lum.

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligining sobiq Matbuot kotibi Yelena Bayalinova Facebook’dagi sahifasida xabar tarqatdi.

“2 aprel kuni ertalab 39 yoshli marhumning qarindoshlari telefonimga qo‘ng‘iroq qilganidan so‘ng uning bir kun oldin COVID-19 ga qarshi Xitoyning  “SinoPfarm” vaksinasi bilan birinchilardan bo‘lib emlangani ma’lum bo‘ldi. Ushbu vaksina 19 mart kuni Qirg‘iziston Respublikasiga 150 ming dozada keltirilgan edi. 

Baxtiyor Shokirov Moskvada malaka oshirish kurslariga ketmoqchi edi, shuning uchun u o‘zini himoya qilishga va emlash jarayonidan o‘tishga qaror qildi. Menimcha, sodir bo‘lgan voqeani qizg‘in ta’qib qilishda Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ob’ektiv xizmat tekshiruvi o‘tkazishi va uning natijalari to‘g‘risida hisobot berishi hamda mamlakat shifokorlari ushbu holatni hisobga olishlari va emlash uchun fuqarolarni diqqat bilan tekshirishlari kerak”, deb yozgan Yelena Bayalinova.

Ayrim xabarlarga ko‘ra, Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vazirligi ushbu ma’lumotni rad etgan, diplomat emlanganlar ro‘yxatida bo‘lmagan.

Shuningdek, vazirlik marhumning yelkasida ukol izlari yo‘qligini xabar qilgan. Mutaxassislar ikki hafta ichida yakuniy xulosa taqdim etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

481

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing