Qirg‘iziston prezidentligiga sobiq nomzod qamoqda ochlik e’lon qildi

Olam

image

Qirg‘iziston prezidentligiga sobiq nomzod, tadbirkor va xayriyachi Imomidin Toshov 1-sonli tergov izolyatori ma’muriyatining bosimiga norozilik sifatida ochlik e’lon qildi. Bu haqda uning advokati Asal Arg‘imboyeva ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Imomidin Toshov hibsda saqlash sharoitlari buzilgani yuzasidan Bosh prokuratura, Ombudsman, Jazoni ijro etish davlat xizmati va boshqa idoralarga ariza bilan murojaat qilganidan keyin ta’qibga uchragan.

“Mening mijozim olti kishiga mo‘ljallangan 235-kameradan 18 nafar, jumladan, bir necha marta qotillik sodir etganlikda ayblangan mahkumlar istiqomat qiladigan 218-kameraga to‘la-to‘kis o‘tkazilgan. Undan qarindoshlari tomonidan sotib olingan va sovg‘a qilingan shaxsiy buyumlari tortib olingan”, deydi Asal Arg‘imboyeva.

Advokatning ta’kidlashicha, bunday harakatlar Qirg‘izistonning “Qamoqqa olish tartibi va shartlari to‘g‘risida”gi qonuniga ziddir. Xususan, qonunning 22-moddasi 7-qismida gumon qilinuvchi shaxslarni shikoyat va apellyatsiyalar berganlik uchun javobgarlikka tortish taqiqlangan.

Voqea yuzasidan allaqachon 1-sonli tergov izolyatori xodimlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Asal Arg‘imboyeva Imomidin Toshovning sog‘lig‘i nafaqat oziq-ovqat, balki suvdan ham bosh tortgani tufayli tez yomonlashishi mumkinligini ta’kidlab, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar uchun javobgarlikni jazoni ijro etish tizimi rahbariyatiga yukladi.

Imomidin Toshov o‘tgan yilning aprel oyida Chuy viloyatining Qayndi qishlog‘ida qo‘lga olingan edi. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, u norozilik namoyishi uchun kuchlarni birlashtirish va keyinchalik hokimiyatni qo‘lga kiritish uchun Qora-Bolta shahrida vaqtinchalik shtab tashkil etishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Boliviyaning sobiq prezidenti Evo Morales o‘z tarafdorlaridan yo‘llarni to‘sib qo‘yish to‘xtatishni so‘ragandi, biroq hukumat muzokaralar o‘tkazmaguncha ochlik e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Imomidin Toshov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing