Qirg‘iziston Prezidenti O‘zbekistonga yetib keldi
Jamiyat
−
18 iyul
6655Bugun, 18 iyul kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va uning rafiqasi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga yetib keldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, Toshkent xalqaro aeroportida ularni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajada muzokaralar o‘tkaziladi, ularda O‘zbekiston-Qirg‘iziston keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, sammit yakunida qator yirik qo‘shma loyihalarni ishga tushirish va salmoqli ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Japarovga O‘zbekistonga tashrifi davomida kimlar hamrohlik qilishi haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi