Qirg‘iziston MSK sayti xakerlar hujumiga uchradi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi sayti kecha, 28 noyabr kuni parlament saylovlari o‘tkazilganda xakerlar hujumiga uchragan. Bu haqda bugun, 29 noyabrda Xavfsizlik kengashi kotibi Marat Imonqulov ma’lum qildi.

“MSK saytiga xakerlik hujumlari xorijdan uyushtirilgan. Taxminlarga ko‘ra, birdaniga 20 davlatdan”, degan Imonqulov. Biroq MSK serverlari zararlanmagan.

MSK rahbari mamalakat rahbariyati saylov natijalarini soxtalashtirishga yo‘l qo‘ymasligini va har bir byulletenni tekshirib chiqishni maqsad qilganini aytgan.

Qirg‘iziston parlamentiga saylovlar 28 noyabr kuni aralash tizim bo‘yicha bo‘lib o‘tdi - 54 deputat partiya ro‘yxati bo‘yicha, 36 nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha saylangan. Qirg‘iziston parlamentidagi 90 o‘rin uchun jami 1,3 ming kishi ariza topshirgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, parlamentga olti partiya – “Ata Jurt Qirg‘iziston”, (“Vatan – Qirg‘iziston”), “Ishenim” (“Ishonch”), “Intimak” (“Uyg‘unlik”), “Yiman Nuru” ("Iymon nuri"), "Alyans" va "Butun Qirg‘iziston" ("Birlashgan Qirg‘iziston") partiyalari kiritilgan. Saylovchilarning taxminan 34 foizi ishtirok etdi.

Yakshanba kuni respublika Markaziy saylov komissiyasi sayti elektron saylov qutilaridan kelayotgan ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida nosozliklar yuzaga keldi. Natijada sahifa bir qancha vaqt kuzatish uchun yopiq bo‘ldi.

Avvalroq saylovda qatnashgan beshta partiya natijalarni tan olmasligini ma’lum qilgandi. Ular natijalar soxtalashtirilgan degan fikrda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing