Qirg‘iziston elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi

Jamiyat

image

Bugun, 12 yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg‘izistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Ibrohim Junusovni mamlakatdagi diplomatik missiyasi yakunlangani munosabati bilan qabul qildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi. 

Uchrashuv chog‘ida siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va mintaqalararo aloqalar sezilarli faollashgani qayd etilgan.

Tomonlar, shuningdek, avval erishilgan kelishuvlarning bajarilishi va turli darajadagi bo‘lajak tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdilar.

“Qirg‘iziston elchisi o‘zining mamlakatdagi diplomatik missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun O‘zbekiston tomoniga samimiy minnatdorlik bildirdi”, deyiladi TIV matbuot xizmati xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing