Qirg‘iziston AstraZeneca vaksinasini olib kelish masalasini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qirg‘iziston COVAX dasturi doirasida mamlakatga koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasini olib kelish masalasini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyev “Interfaks”ga ma’lum qildi.

“Koronavirus infeksiyasiga qarshi AstraZeneca vaksinasi bo‘yicha bizning yuristlarimiz hozirda ish olib boradigan ba’zi huquqiy muammolar mavjud, shuning uchun kelishuv bo‘yicha ishlar to‘xtatildi”, dedi Beyshenaliyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, COVAX dasturi doirasida Respublika 1,2 million dozada vaksinani bepul olishga umid qilmoqda.

“Biz AstraZeneca vaksinasi bilan bog‘liq mulohazalarimizni Qirg‘iziston hukumatiga, xususan, asoratlar uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarga yubordik. Ammo biz bundan butunlay voz kechish niyatimiz yo‘q”, deydi Sog‘liqni saqlash vaziri.

Yaqin kunlarda Respublika Rossiyaning “Sputnik V” va Xitoy vaksinasini oladi, deb qo‘shimcha qildi Beyshenaliyev.

“Vaksina shu kunlarning birida yetib keladi. Emlash aprel oyida boshlanadi, tibbiyot xodimlari o‘qitilgan va o‘qitilmoida”, dedi Beyshenaliyev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida 2,6 mln doza AstraZeneca vaksinasi olib kelinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing