Qimorxona ochgani aytilgan mahalla raisi “uchdi”

3-sahifa

image

Joriy yilning 20 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani “Qozoq Nayman” MFY aholisi qimorboz raisdan bezor bo‘lgani haqida xabarlar va unga ilova qilingan suratlar tarqalgan edi. 

Unda qayd etilishicha, mahalla raisi qimorxona tashkil qilgan va o‘ta maishatbaparst. 

Mazkur holat viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganildi. O‘rganish natijasida mahalla raisining o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shatish to‘g‘risida ariza yozganligi aniqlanib, arizasiga binoan mahallada vakillar yig‘ilishi o‘tkazilgan.

Vakillar yig‘ilishining qaroriga ko‘ra (O‘zbekiston Respublikasining 350-sonli Qonunining 24-moddasi, 1-bandiga muvofiq) mahalla fuqarolar yig‘ini  raisining vakolati muddatidan oldin tugatilgan. 

Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlar faoli D.Gapparova vaqtinchalik mahalla raisi vazifasini bajaruvchi etib saylangan.  


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing