Qidiruvdagi o‘zbekistonlik Rossiyada qo‘lga olindi
3-sahifa
−
27 aprel
6758Rossiyaning Amur viloyati Svobodnenskiy tumanida politsiya xodimlari 1993 yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik erkakni qo‘lga olgan. Bu haqda Amur yangiliklar xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiyaning Amur viloyatida o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tezkor-profilaktika tadbiri doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan bedarak yo‘qolgan 12 nafar fuqaro, shuningdek, oilasi yoki ixtisoslashtirilgan muassasalarni ruxsatsiz tark etgan sakkiz nafar voyaga yetmaganlarning manzili aniqlangan. Bundan tashqari, majburiy shifoxonada davolanishdan bo‘yin tovlagan uch nafar ruhiy kasallikka chalingan fuqaroning qayerda ekani aniqlangan.
Shuningdek, ikki kun davomida Amur politsiyasi surishtiruv, tergov va sud organlaridan qochib ketgan 19 nafar ayblanuvchi va gumonlanuvchi fuqarolarni qidirgan. Ulardan sakkiz nafari federal qidiruvda bo‘lgan. Qidiruvda bo‘lganlardan biri 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, u o‘z yurtida transport vositalarini ishlatish bilan bog‘liq jinoyat sodir etgan va Rossiyada yashirinib yurgan.
Hozircha gumonlanuvchini O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada mushtlashgan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari qo‘lga olingandi.
Rayhona Ulkanbayeva
LiveBarchasi