Qidiruvdagi qashqadaryolik ayol Rossiyada ushlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan shaxs Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shahrisabz tumani “Shakarteri” MFY Temirchi qishlog‘ida yashovchi R.Z ismli shaxs O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgan. Shuning uchun Shahrisabz tumani IIB tomonidan qidiruvga berilgan.

Bugun, 4 noyabr kuni berilgan ma’lumotga ko‘ra, Qashqadaryo viloyat IIB xodimlari qiduruvdagi R.Z.ni Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahri hududida qo‘lga olgan. 

“Endi u bir emas ikkita holat bo‘yicha javob beradi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

442

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing