Qibraydagi shafqatsiz qotillik sabab IIO xodimlari faoliyatiga baho beriladi
3-sahifa
−
14 avgust 2021
19911Joriy yilning 29 iyul kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida 24 yoshli yigit bir oilaning to‘rt a’zosi va xonadonda ishlayotgan ustani o‘ldirgani haqida xabar bergandik.
Ijtimoiy tarmoqlarda, ushbu jinoyatning oldi olinishi mumkinligi haqida turli fikr va mulohazalar tarqalmoqda. O‘z navbatida, bunga Ichki ishlar vazirligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, har qanday sodir bo‘lgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarga olib keluvchi shart-sharoitlarni o‘rganish va ularni bartaraf etish, jinoyatni fosh etish bo‘yicha amalga oshiriladigan protsessual harakatlarining ajralmas qismidir.
“Mazkur o‘ta og‘ir jinoyatni oldini olishga mas’ul bo‘lgan har bir mansabdor shaxsning, shu jumladan hududiy ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyatiga qonuniy baho beriladi. Natijasi yuzasidan jamoatchilikka to‘liq axborot yetkaziladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, qotil xonadon egalari: 61 yoshli E.A, 35 yoshli M.A, 33 yoshli M.A., 24 yoshli E.A., shuningdek mazkur xonadonda yollanma quruvchi-usta sifatida ishlayotgan 37 yoshli Q.K.ni vahshiylarcha pichoqlab, o‘ldirgan.
Bundan tashqari, jinoyat sodir bo‘lgan vaqtda xonadonda E.A.ning turmush o‘rtog‘i G.E. va uning qizi M.E. ham bo‘lgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi "a" va “j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Ayni vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi