Qibrayda ov anjomlari do‘konidan 100 mln so‘mlik pirotexnika vositalari topildi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida ov anjomlari sotishga mo‘ljallangan do‘konda qiymati 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lgan pirotexnika vositasi saqlayotganligi aniqlangan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qibray tumanida ov anjomlari sotishga mo‘ljallangan savdo do‘konida fuqaro X.T. pirotexnika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan. U do‘kon omborida 31 turdagi 1586 dona (qora bozordagi) taxminiy narxi 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lgan pirotexnika vositasini saqlab kelgan.

Aniqlangan daliliy ashyolar qonuniy qaror qabul qilingunga qadar xolislar ishtirokida tuman Davlat soliq inspeksiyasi xodimlariga topshirilgan.

Hozirda holat yuzasidan ekspertiza tayinlanib, Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

39

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing