Qibrayda chamadondan topilgan jasad bo‘yicha 2 kishi qamoqqa olindi
Jamiyat
−
12 avgust 2020
20238Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 8 avgust kuni Toshkent viloyati Qibray tumanidagi korxonalarning birida sayoxat chamadonida erkak kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan edi.
Ushbu hodisa yuzasidan Bosh prokuratura qo‘shimcha ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, holat bo‘yicha ikki nafar gumonlanuvchi ayblov e’lon qilindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib tergov davomida 2 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 97, 169, 227 va 241-moddalari bilan ayb e’lon qilingan.
Ularga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, sumka ichida topilgan murda avval Oliy sudda ta’minotchi vazifasida ishlab kelgan 1968 yilda Samareqand viloyatida tug‘ilgan Sh.A ekanligi aniqlangan edi.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15