Kemeron “Titanik” filmi s’yomkasida qanday qilib 1 mln dollar tejaganini aytdi
Bu qiziq
−
14 dekabr 2023
89501997 yilda suratga olingan mashhur “Titanik” filmi rejissyori Jeyms Kemeron ushbu kartinani yaratishda past bo‘yli aktyorlar evaziga 1 million dollar tejab qolganini aytdi. Bu haqda u “Los Angelas Times” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Kema ko‘lamini ko‘rsatish va manzarani vizual ravishda kattalashtirish uchun Kemeron filmda faqat pakana aktyorlardan foydalanishga qaror qilgan. Buning ortidan u 1 million dollarga yaqin mablag‘ni tejashga muvaffaq bo‘lgan.
"Biz bo‘yi 172 sm dan yuqori bo‘lgan barcha aktyorlar ijrosidan voz kechdik", deb eslaydi rejissyor.
Film uchun “Titanik” yo‘lovchilarining tasvirlari ham kompyuter grafikasi yordamida yasalgan. Yaqinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari palubadagi odamlar “The Sims” videoo‘yinidagi qahramonlarga o‘xshashini payqab qolgani ham bejiz emas.
Ma’lumot uchun, “Titanik” filmining byudjeti 200 million dollarni tashkil etib, u o‘z davrining eng qimmatbaho san’at asari hisoblanadi. Ayniqsa, kemaning deyarli real o‘lchamdagi nusxasini qurish uchun katta mablag‘ talab qilingan. Ushbu kema modelining uzunligi 231 metrga yetgan. “Titanik”ning o‘zi esa bundan 38 metrga uzunroq bo‘lgan.
LiveBarchasi